Янгиликлар
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ijtimoiy xizmatlar klassifikatorlari tasdiqlandi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ijtimoiy xizmatlar klassifikatorlari tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 06.08.2024 yildagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 484-son qarori qabul qilindi. Shaxsning aholining ijtimoiy extiyojmand toifasiga mansubligi uning yozma arizasiga ko'ra tеkshiriladi.
Hujjat bilan Aholining ijtimoiy extiyojmand toifalari klassifitkatori tasdiqlanmoqda. U quyidagi 10 ta guruhga taqsimlangan 101 ta sub'еktdan iborat:
—o'zgalar parvarishiga muxtoj shaxs;
—nogironligi bo'lgan shaxs;
—odam savdosidan jabrlangan shaxslar;
—tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin- qizlar;
—muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslar;
—psixoaktiv moddalarga qaram bo'lgan shaxslar;
—og'ir (qiyin) xayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar;
—favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar;
—ozodlikdan mahrum kilish joylaridan ozod qilingan shaxslar;
—og'ir xayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar.
Shuningdеk, Ijtimoiy xizmatlar klassifikatori tasdiqlanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 07.08.2024 yildan kuchga kirdi.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov |
|
|
|