Янгиликлар
Assalomu aleykum harbiy xizmatga ketgan xodimga ish haqi necha foiz to‘lanadi.
Assalomu aleykum harbiy xizmatga ketgan xodimga ish haqi necha foiz to‘lanadi.
Agar siz safarbarlik chaqiruvi rezervini (bir oylik armiya) nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, Mehnat kodeksining 282-modda asosan, ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha oylik ish haqini saqlagan holda harbiy majburiyatlarni bajarayotganda ozod etishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2003 yildagi 99-son qaroriga ko‘ra harbiy yigʻinlardan oʻtish davrida, ularni oʻtkazish joyiga borish va qaytishga ketadigan vaqtni qoʻshib hisoblaganda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish oʻrni (lavozimi) saqlab turiladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov