Янгиликлар
Ota-ona ba’zi hollarda aliment to‘lovlarini kamroq to‘lashi yoki hatto aliment to‘lashdan ozod etilishi mumkin
Ota-ona ba’zi hollarda aliment to‘lovlarini kamroq to‘lashi yoki hatto aliment to‘lashdan ozod etilishi mumkin
Oila kodeksining (https://lex.uz/docs/-104720) 105-moddasiga ko‘ra, sud quyidagi holatlarda aliment miqdorini kamaytirishi yoki to‘lovdan ozod qilishi mumkin:
Boshqa voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lsa.
Agar ota (yoki ona) boshqa farzandlariga ham aliment to‘layotgan bo‘lsa va bu sababli ayrim bolalar moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qolayotgan bo‘lsa, sud adolat tamoyiliga asoslanib, aliment miqdorini kamaytirishi mumkin.
Ota (yoki ona) nogiron bo‘lib, moddiy qiyinchilikda bo‘lsa.
Nogironlik tufayli ishga layoqatsizlik yoki daromadning kamayishi ota-onaning aliment to‘lash imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli sud ularning holatini inobatga oladi.
Aliment oluvchi (bola) mustaqil daromadga ega bo‘lsa.
Agar bola ishlayotgan, stipendiya yoki boshqa daromad manbaiga ega bo‘lsa, bu ham alimentni kamaytirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Bola davlat yoki nodavlat muassasasida to‘liq ta’minotda bo‘lsa.
Masalan, bola internatda, bolalar uyida yoki boshqa muassasada to‘liq ta’minlanayotgan bo‘lsa, sud ota-onaning moliyaviy ahvolini hisobga olib, uni aliment to‘lashdan qisman yoki to‘liq ozod qilishi mumkin.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov