Янгиликлар
Ishsiz fuqarolar qanday holatda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi?
Ishsiz fuqarolar qanday holatda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi?
Ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy soliq qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga to‘lganda to‘liq va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.
“Ishsiz fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli qarorda belgilangan 78 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘ladi”, deyiladi
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti |
A.Rajabov |