Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo’llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak


Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo’llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak

 

Agar intizomiy jazo berilgan kundan boshlab 1 yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo’llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug’i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o’z tashabbusiga ko’ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko’ra, 1 yil o’tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.