Янгиликлар
Sizga hyech qanday harakatsiz pensiya tayinlanadi!
Sizga hech qanday harakatsiz pensiya tayinlanadi!
Joriy yilning 1-martidan boshlab, yurtimizda pensiyaga chiqish jarayoni tubdan soddalashdi.
55 yoshga to’lgan ayollar va 60 yoshga to’lgan erkaklarga yoshga doir pensiyalar endi "proaktiv" (avtomatik) shaklda tayinlanadi.
Bu degani — ariza yozishga ham hojat yo’q.
Bunda pensiya yoshiga yetgan fuqaroning telefon raqamiga SMS xabarnoma yuboriladi. Agar nomingizga mobil raqam rasmiylashtirilmagan bo’lsa, xavotir olmang! Ma’lumotlar yashash joyingiz bo’yicha pochta orqali yetkaziladi.
Bu — pensiya yoshidagi fuqarolar uchun katta qulaylik va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish demakdir.