Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kafilning o‘zi kredit ololadimi?


Kafilning o‘zi kredit ololadimi?

Mumkin, ammo doim ham emas. Bu qaror bankning kredit siyosatiga va kafilning kreditga layoqatliligini baholashga bog‘liq bo‘lib, bu holda qarz oluvchi sifatida baholanadi.

Agar qarz oluvchi boshqa kredit bo‘yicha kafillik bo‘lsa, bankning kredit berish to‘g‘risidagi qaroriga quyidagi omillar ta’sir qilishi mumkin:

kafillik bo‘yicha ajratilgan kredit summasi;

so‘ralgan kredit miqdori;

kreditning muddati va uni qaytarishgacha bo‘lgan muddat;

daromad miqdori – kafil daromadi ikkala kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.