Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi


Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi

 

O‘zbekiston hukumati tomonidan 2025 yil 4 noyabrda qabul qilingan 694-sonli qaror asosida, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Ushbu nizom aholiga byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlarni olish imkoniyatini yanada soddalashtirish va tartibga solishga qaratilgan.

Hududiy va tuman (shahar) darajasida – barcha aholiga yo‘llanma asosida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Respublika darajasida – imtiyozli kategoriyalarga mansub bemorlarga tibbiy yordam beriladi.

Bemorlar o‘z biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.

Oila shifokori tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, kerak bo‘lsa tor soha mutaxassisiga yo‘naltiriladi.

Tor soha mutaxassisi bemorni 1 ish kuni ichida amaldagi klinik protokollar va tashxislash-davolash standartlariga muvofiq tekshiradi.

Agar bemorga stasionar yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, tor soha mutaxassisi yoki oila shifokori tomonidan tuman (shahar) darajasidagi rejalashtirilgan stasionar yordam uchun yo‘llanma beriladi.

Respublika darajasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bemor ma’lumotlari tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va natija 2 ish kuni ichida elektron tizim orqali e’lon qilinadi.

Ushbu nizom tibbiy yordam olish jarayonini soddalashtiradi va bemorlar uchun aniq tartibni belgilaydi. Elektron tizim orqali yo‘llanmalar va natijalarni kuzatish tizimi esa shaffoflikni oshiradi, bemorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada tartibga soladi.

 

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li