Янгиликлар
Notarial harakatlarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati
Notarial harakatlarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati
Zamonaviy texnologiyalar yordamida endi notarial xizmatlar butunlay onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayon nafaqat vaqtni tejaydi, balki ortiqcha xarajatlardan qochish va korrupsiya xavfini kamaytiradi.
· Navbat kutish shart emas – siz vaqtni tejaysiz.
· Ortiqcha xarajat yo‘q – idoraga kelish va qaytish uchun qo‘shimcha pul sarflanmaydi.
· Hujjatlarning aslini olib kelish shart emas – barcha kerakli ma’lumotlar elektron tizim orqali olinadi.
· Ortacha pul talab qilinmaydi – belgilangan tarifdan oshib tushadigan to‘lov yo‘q.
· Jarayon xavfsiz – barcha harakatlar elektron tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va videoga muhrlanadi.
Ushbu harakatlarni onlayn rasmiylashtirish mumkin: Avtomobil oldi-sotdi va hadya shartnomalari; Barcha turdagi ishonchnomalar; Rozilik arizalari (er-xotin umumiy mulkni tasarruf etishi, xususiylashtirilgan mulkni tasarruf etish, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqarish, merosdan voz kechish va boshqalar); Nikoh shartnomalari; Ijro xatlari; Imzoni tasdiqlash.
Onlayn xizmatni E-notarius.uz portali orqali foydalanish mumkin. Bu platforma orqali notarial harakatni tasdiqlash va hujjatlarni rasmiylashtirish oddiy va xavfsiz tarzda amalga oshiriladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li