Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi proaktiv tarzda


Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi proaktiv tarzda

2025 yil 3 noyabrda qabul qilingan Prezident Farmoni (PF–206-son)ga ko‘ra, 2026 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi yangilanadi. Endi ba’zi nafaqalar avtomatik tarzda, fuqaro murojaat qilmasdan tayinlanadi. “Proaktiv” nima? Proaktiv degani – shaxs murojaat qilmasdan, kerakli nafaqa avtomatik ravishda tayinlanadi va to‘lanadi. Ya’ni, tizim fuqaro uchun o‘zi ishlaydi.

Majburiy sug‘urta: davlat byudjeti hisobidan jismoniy shaxslardan olinadigan soliqning belgilangan qismi orqali amalga oshiriladi.

Ixtiyoriy sug‘urta: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5% miqdorida har oy sug‘urta badali to‘lanadi.

Proaktiv nafaqalar quyidagilar:

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi – 2026 yil 1 yanvardan.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi – 2026 yil 1 iyuldan.

Ishdan bo‘shatish nafaqasi – 2030 yil 1 yanvardan, fuqarolar murojaat qilganda tayinlanadi.

Bu esa fuqarolar murojaat qilmasdan nafaqa olishi, nafaqa miqdori sug‘urta staji va to‘langan badalga qarab hisoblanishi imkonini beradi va tizim ortiqcha hujjatlar va byurokratiyani kamaytiradi, vaqtni tejaydi.

 

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li