Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sudyalar endilikda dastlab 5 yil, keyinchalik muddatsiz davrga saylanadi.


Sudyalar endilikda dastlab 5 yil, keyinchalik muddatsiz davrga saylanadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-227-son “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, sudyalarni navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibi bekor qilinadi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab 5 yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi belgilanadi.

Tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibi o‘rnatiladi.

Sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga nomzodlar tegishli sud sudyalari malaka hay’atlari tomonidan tavsiya etiladi.

Bunda Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yil ishlagan sudyalar nomzodi ko‘rsatilishi mumkin.

 

 

Toshkent viloyati adliya boshqarma

Inson huquqlarini himoya qilish

bosh maslahatchi                                                                                                                                                               R.Surobov