Янгиликлар
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025 yildagi PQ-331- son qarori bilan 2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam dasturi tasdiqlandi. Bu dastur orqali kasallikka chalingan bolalarning sog‘lig‘ini saqlash va davolashni yaxshilash maqsad qilingan.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul davolanish imkoniyati beriladigan kasalliklar soni 5 tadan 10 tagacha oshiriladi.
Kasalliklarga chalingan bolalar dori-darmon, maxsus oziq-ovqat va tibbiy jihozlar bilan 95–99% ta’minlanadi.
Bolalarning sog‘lig‘i himoya qilinadi va tiklanadi.
Muayyan yoshdagi bemorlar uchun 2026 yil 1 yanvardan 18–21 yoshdagi ushbu kasalliklarga chalingan bemorlar bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi. Davolanish ishlari doimiy ravishda davom ettiriladi, shunda bemorlar kasallikning salbiy oqibatlaridan himoyalanadi.
Ushbu dastur orqali davlat bolalarga yordamni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatadi, oilalarning moliyaviy yukini kamaytiradi va sog‘lom avlod yetishtirishga xizmat qiladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li