Янгиликлар
E-tergov” axborot tizimi joriy etiladi
E-tergov” axborot tizimi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025 yildagi PF-204-son Farmoniga asosan yangi “E-tergov” axborot tizimini ishga tushirmoqda. Bu tizim jinoyat ishlari yuritilishini, sud ekspertizalarini va moddiy zararlarni onlayn tarzda boshqarish imkonini beradi.
Tizimning asosiy vazifalari jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish, sud ekspertizasini onlayn rejimda tayinlash va moddiy zararlarni hisobga olish va ularni undirish jarayonlarini monitoring qilish.
Bu bo’yicha ta’lim sohasida yangiliklar mavjud bo’lib, 2026/2027 o‘quv yilidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberhuquq” yo‘nalishi ochilishi va bakalavr darajasidagi kunlik ta’lim 4 yil davom etishi belgilangan.
Farmonga asosan Bosh prokuratura tizimning samarali ishlashini ta’minlash uchun Raqamli texnologiyalar markazini tashkil qiladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Bu tizim jinoyat ishlari yuritish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, chunki barcha hujjatlar va ma’lumotlar endi elektron shaklda qayd etiladi va onlayn tarzda boshqariladi. Shu bilan birga, tizim ish jarayonining shaffofligini oshiradi, ya’ni har bir bosqichni kuzatish mumkin bo‘ladi va ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayadi.
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlarining samaradorligi yaxshilanadi, chunki prokurorlar, tergovchilar va sudlar o‘z ishlarini tez va aniq bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Fuqarolar esa o‘z huquqlari va ish holatini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi, bu esa tizimga ishonchni oshiradi.
Natijada, “E-tergov” axborot tizimi nafaqat ish jarayonini tezlashtiradi, balki huquqiy tizimning samarali va adolatli ishlashiga ham xizmat qiladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li