Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilib sud orqali tiklanganda uning o‘rniga olingan xodimning taqdiri nima bo‘ladi?


Xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilib sud orqali tiklanganda uning o‘rniga olingan xodimning taqdiri nima bo‘ladi?

Korxonada masalan, bir xodim noqonuniy bo‘shatildi va uni ishga tiklash kerak, ammo ish beruvchi uning o‘rniga boshqa ishchi olib qo‘ygan vaziyat aynan olib qo‘yilgan ishchining keyingi mehnat faoliyati haqida ketmoqda. Bunda vaziyatda ish beruvchi xodim ishga tiklandi deb uning o‘rniga olingan ishchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib yuborishi noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 144-moddasiga asosan agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Bu vaziyatda har xil holat bo‘lishi mumkin korxonada boshqa ish yo‘q yoki taklif qilinayotgan ishga xodim ko‘nmasa, ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 168-moddasi (birinchi qism 22-bandi)shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinadi.

Albatta bu yerda xodimga boshqa ish taklif qilishni unutmang. Bundan tashqari xodimga boshqa kafolatlangan to‘lovlarni to‘lash lozim. Birinchidan, unga ishlagan stajiga mos ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash lozim. Bunda ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan, mehnat kodeksi 100-moddasi birinchi qismiga ko‘ra shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinganda uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega.

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li