Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:

fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi;

kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʼidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʼrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                                 S.Siradjiddinova