Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Turar joy, undan foydalanish maqsadi


Turar joy, undan foydalanish maqsadi

Fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʼinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʼiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.

Turar joy koʻchmas mulk hisoblanadi.

Koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Koʻp kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin.

Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi.

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                                 S.Siradjiddinova