Янгиликлар
Turar joyga boʻlgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Turar joyga boʻlgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim roʻyxatga olinganligi toʻgʼrisida hujjat beradi yoxud roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozib qoʻyadi.
Turar joyga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga oʻtishining xususiyatlari
Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yoʻli bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak.
Turar joyni almashtirishga Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Davlatga qarashli uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari aʼzolari pay badallarini toʻliq toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga toʻlash yoʻli bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi kredit toʻliq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtkazilishi mumkin.
Uyga, kvartiraga boʻlgan meros tariqasida oʻtadigan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra vujudga keladi.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova