Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish


Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish

Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan oʻzlari va oila aʼzolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga, shuningdek turar joylarni o’zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksida hamda oʻzga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar.

Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.

Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.

Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                                 S.Siradjiddinova