Янгиликлар
Bank hisobvaraqlari va yangi qoidalar
Bank hisobvaraqlari va yangi qoidalar
2025-yil 11-noyabrda Adliya vazirligi “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar” kiritdi. Ushbu o‘zgarishlar bank xizmatlarini soddalashtirish va mijozlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Endilikda mijozlar eskrou hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Bu hisobvaraqlar elektron savdo va onlayn bitimlarda mablag‘ni xavfsiz saqlash va shartnoma majburiyatlarini bajarishni kafolatlaydi. Shu bilan birga, hisobvaraqlarni my.gov.uz portali yoki “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali elektron shaklda ochish imkoniyati mavjud. Bu masofaviy xizmatlar qonunchilikka mos keladi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qiladi.
Norresident jismoniy shaxslar ilgari bankda hisobvaraqlar ochgan bo‘lsa, endilikda shu bankda masofadan turib yangi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.
Voya yetmaganlar uchun qoidalar ham aniqlandi: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hisobvaraqlarni ota-ona yoki qonuniy vakil ochishi mumkin, 14–18 yoshdagilar esa hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlari mumkin.
Huquqiy nuqtai nazardan, bu qoidalar moliyaviy bitimlarni himoya qiladi, yoshlar va norresidentlar huquqlarini ta’minlaydi, va barcha amaliyotlar Fuqarolik kodeksi hamda Bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun bilan mos keladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi