Янгиликлар
Davlat tibbiyot xodimlari uchun yangi imtiyozlar 2026-yildan
Davlat tibbiyot xodimlari uchun yangi imtiyozlar 2026-yildan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025 yildagi PQ-336-son qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bir qator yangi imtiyozlarga ega bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi xodimlarning sog‘ligini himoya qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilashdir.
Asosiy imtiyozlar:
· Bepul yuqori texnologik tibbiy yordam:
Kamida 3 yil ish staji bo‘lgan xodimlar yiliga bir marta davlat hisobidan yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishi mumkin.
· Sanatoriylarga bepul yo‘llanma:
Kamida 15 yil ish staji bo‘lgan xodimlar yiliga bir marta respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma oladi.
· Davlat xizmatlari to‘lovlarini kamaytirish:
Barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori 2 barobar kamaytiriladi.
Bu imtiyozlar davlat xodimlarini rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Yuqori texnologik tibbiy yordam va sanatoriy yo‘llanmalari xodimlarning sog‘lig‘ini saqlashga xizmat qiladi, to‘lovlarni kamaytirish esa moliyaviy yengillik yaratadi.
Yangi qoidalar mehnat qonunchiligi va ijtimoiy himoya normalari bilan uyg‘un bo‘lib, tibbiyot xodimlarining hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi