Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Davlat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun bir qator yangi ijtimoiy va moliyaviy imtiyozlar


Davlat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun bir qator yangi ijtimoiy va moliyaviy imtiyozlar

 

2026-yildan boshlab davlat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun bir qator yangi ijtimoiy va moliyaviy imtiyozlar joriy etiladi. Maqsad — xodimlarni rag‘batlantirish, ularning sog‘lig‘i va farzandlari ta’limini qo‘llab-quvvatlash.

Ish haftasi 5 kunlik: 1-apreldan ish haftasi 5 kunlik bo‘ladi, bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash tartibi saqlanadi.

Pul mukofotlari: Tuman yoki shahar darajasida yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlarga BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot beriladi.

Farzandlar ta’limi: 15 yil ish staji bo‘lgan xodimlarning farzandlari bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kontrakt summasining 30 foizigacha, ammo BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Uy-joy imtiyozi: 500 nafar xodimni ipoteka orqali uy sotib olishda dastlabki to‘lovning 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Ushbu imtiyozlar mehnat qonunchiligi va ijtimoiy himoya normalari bilan uyg‘un bo‘lib, xodimlarni rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Pul mukofotlari va farzandlar ta’limini qoplash xodimlarning mehnatini qadrlash, uy-joy imtiyozi esa yashash sharoitini yaxshilashga yordam beradi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi