Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Shaxsiy harakatlanish vositalarini noto‘g‘ri boshqarish jazo keltiradi


Shaxsiy harakatlanish vositalarini noto‘g‘ri boshqarish jazo keltiradi

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, belgilangan talablarni buzgan holda shaxsiy harakatlanish vositalarini boshqarish jarimaga sabab bo‘ladi. Nurni qaytaruvchi reflektorlar va chiroqlarsiz individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, velosipedlar yoki ulovli aravalarni boshqarish va individual harakatlanish vositalari va skuterlar haydovchilari tomonidan odamlarni tashish qoidalarni buzish holatlari hisoblanadi. Bunday qoidabuzarliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 138-moddasiga asosan BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima belgilanadi. Ushbu qoidalar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Nurni qaytaruvchi elementlar va chiroqlar yo‘qligi, shuningdek, odamlarni ruxsatsiz tashish xavfli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Jarima miqdori belgilangan qoidabuzarlikning jiddiyligini ko‘rsatadi va haydovchilarni xavfsiz harakatlanishga undaydi.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi