Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yaqin qarindoshlar transport vositasidan ishonchnomasiz foydalanishi mumkin


Yaqin qarindoshlar transport vositasidan ishonchnomasiz foydalanishi mumkin

Qonunchilikka ko‘ra, (asos Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5816-son Farmoni,)transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er yoki xotin, bolalar, aka-uka, opa-singillar) ushbu transport vositasidan foydalanishda ishonchnoma talab qilinmaydi.

Buning uchun shaxslar transport vositasi egasining majburiy fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polisasida ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.

Ushbu tartib transport vositasi egasi va uning yaqin qarindoshlari uchun hayotiy qulaylik yaratadi. Endilikda qarindoshlar transport vositasidan tez va ruxsatsiz foydalanishlari mumkin, biroq sug‘urta polisasida ro‘yxatga olingan bo‘lishi muhim shart hisoblanadi. Bu esa sug‘urta himoyasi va qonuniy javobgarlikni saqlashga xizmat qiladi.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi