Янгиликлар
Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi
Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston hukumati tomonidan 2025 yil 6 noyabrda qabul qilingan 700-sonli qaror bilan “Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat xalqaro jo‘natmalarni bojxona tartibida o‘tkazish qoidalarini belgilaydi:
Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali olib kiriladigan va yuboriladigan barcha tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak.
Pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi jo‘natmalarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etadi.
Jo‘natmalar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya qilgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
Jo‘natmalarni tashish, yuklash, tushirish, saqlash va boshqa shunga o‘xshash operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar pochta operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
Jo‘natmalar bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimi yordamida rasmiylashtiriladi.
Jo‘natmalar “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar orqali bojxona nazoratiga olinadi va deklaratsiya asosida rasmiylashtiriladi.
Ushbu tartib xalqaro jo‘natmalarni xavfsiz va samarali nazorat qilishni ta’minlaydi. “Qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar tizimi jo‘natmalarni xavf darajasiga qarab tasniflaydi, bu esa bojxona organlariga ishni tez va samarali tashkil qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, moliyaviy yuk pochta operatori va ekspress tashuvchiga yuklatilgan, bu esa davlat byudjetiga qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi