Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qayrilib olish joylari qonunchilik bilan cheklangan


Qayrilib olish joylari qonunchilik bilan cheklangan

O‘zbekiston qonunchiligiga (asos:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori) ko‘ra yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalari qayrilib olish mumkin bo‘lgan joylar aniq belgilangan va ayrim joylarda bu harakat qat’iyan taqiqlanadi.

Qayrilib o‘lish taqiqlangan joylar

1.     Piyodalar o‘tish joylari — yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida.

2.     Tunnellar — ko‘rish va harakat masofasi cheklanganligi sababli.

3.     Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning osti — faqat tegishli yo‘l belgilari bilan ruxsat berilgan qismlar bundan mustasno.

4.     Temir yo‘l kesishmalari — temir yo‘l transporti xavfsizligi uchun.

5.     Yo‘lning ko‘rinishi bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylar — bu nuqtalarda xavf oshadi, shuning uchun qayrilib o‘tish taqiqlanadi.

Ushbu tartib yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Qayrilib o‘tishning cheklangan joylari haydovchilarni xavfli vaziyatlardan himoya qiladi, piyodalar va boshqa transport vositalari ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, yo‘l belgilaridagi istisnolar tizimi haydovchilarga qonun doirasida moslashuvchanlikni beradi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi