Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda ogohlantirish muddatiga qaysi davrlar kirmaydi?


Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda ogohlantirish muddatiga qaysi davrlar kirmaydi?

Aksariyat holatlarda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddatiga kirmaydigan vaziyatlarda ko‘plab ikkilanishlar vujudga kelishligini inobatga olib ushbu masalaga batafsil to‘xtalamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi 5-qismiga asosan Hodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi.

Davlat va jamoat majburiyatiga nimalar kiradi? Saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etish, harbiy majburiyatlarni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida ishtirok etish, sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etish kabi faoliyatlar kiradi.

Biroq ta’til davri ogohlantirish muddatini to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, ogohlantirishning boshida xodim mehnat ta’tiliga chiqib ketdi 24 kalendar kunga. Bu davrda ogohlantirish muddati to‘xtamaydi o‘tishda davom etadi.

Hodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda qanday bo‘ladi?

Barchaga ma’lum xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishda xodim tomonidan ish beruvchi ikki hafta ogohlantirildi. Bu vaziyatda ogohlantirish muddati xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida ham, davlat va jamoat majburiyatini ham bajarayotganda to‘xtamaydi. Chunki, MKning 165-moddasidagi ogohlantirishning to‘xtab turishi asoslari faqat ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi holatlariga ta’luqli hisoblanadi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov