Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

MIB xodimi uyingizdagi har bir buyumni xatlashi mumkinmi?


MIB xodimi uyingizdagi har bir buyumni xatlashi mumkinmi?

Ko‘p hollarda qarzdorlikni undirish jarayonida Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorning uyiga borib, barcha jihoz va buyumlarni xatlashga harakat qiladi. Ammo qonunga ko‘ra, bunday harakatlar doimo qonuniy emas.

Bu haqdagi aniq qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 apreldagi 110-son (https://lex.uz/docs/1470263)qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan. Mazkur hujjatga ko‘ra, qarzdorning va uning oila a’zolarining turmushi uchun zarur bo‘lgan mol-mulkka undiruv qaratilmaydi.

Qonunga binoan, undiruv qaratilmaydigan asosiy mol-mulklar quyidagilar hisoblanadi:

➖ Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona sigiri, echkisi yoki qo‘yi, shuningdek ularni boqish uchun yetarli miqdordagi yem-xashak va kelgusi ekish uchun urug‘lari;

➖ Oila a’zolarining kundalik ehtiyoji uchun zarur anjomlar: har bir shaxsga tegishli kiyimlar, foydalanilgan oyoq kiyim va ichki kiyimlar, oddiy oshxona jihozlari (qimmatbaho buyumlardan tashqari);

➖ Mebellar: har bir shaxs uchun bitta karavot va stul, oila uchun bitta stol, bitta shkaf yoki sandiq;

➖ Bolalar jihozlari, chunki ular bola uchun zarur vositalar qatoriga kiradi;

➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari, chunki ular fuqaroning sog‘lom hayot faoliyatini ta’minlaydi;

➖ Oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i zaxirasi, ya’ni qarzdorning oilasi yangidan hosil yetishtirguncha yoki isitish mavsumi tugunga qadar kundalik ehtiyojni qoplash uchun kerakli miqdordagi mahsulot va yoqilg‘i.

Agar MIB xodimi shunday buyumlarni xatlashga urinsa, Siz uni qonun bilan belgilangan 110-son qarorga asoslanib ogohlantirishingiz mumkin.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov