Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Oylik maoshdan 30 foiz miqdorida intizomiy jazo bir yil davomida amal qilinadimi?


Oylik maoshdan 30 foiz miqdorida intizomiy jazo bir yil davomida amal qilinadimi?

Amalda ba’zi xodimlar jarima jazosi belgilanganda har oyda maoshidan 30 foiz ushlab qolinadi, degan fikrga ishonadi. Aslida bu tushuncha mutlaqo noto‘g‘ri. Qonunchilikka ko‘ra, jarima — har oyda qayta-qayta undiriladigan mablag‘ emas, balki faqat bir marta, aniqlangan intizomiy xatti-harakat uchun qo‘llaniladigan moliyaviy jazo hisoblanadi.

Mehnat qonunchiligiga muvofiq, jarima ish haqidan emas, balki xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu haqdagi tartib Mehnat kodeksining 257-moddasida belgilangan. O‘rtacha ish haqi — faqat oylik maosh emas, balki turli qo‘shimcha to‘lovlar, ustama va boshqa haqlar hisobga olingan holda aniqlanadi. Shu bois, u oddiy maoshdan ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Jarima qo‘llanilganidan keyin u faqat bir marta ushlab qolinadi. Ya’ni har oyda yoki bir yil davomida muntazam ushlab qolinishi mumkin emas. Bir yillik muddat haqidagi gap esa jarima moliyaviy jihatdan emas, balki intizomiy ta’sir muddati sifatida qonun bilan belgilangan. Mehnat kodeksining 315-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab uning amal qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar xodim shu muddat ichida yana jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

Shu sababli, agar Sizga jarima jazosi qo‘llanilgan bo‘lsa, u faqat bir marta undiriladi. Biroq, mazkur jarima ta’siri — ya’ni intizomiy hisobda turish holati — bir yilgacha davom etadi. Bu vaqt mobaynida xodimga rag‘batlantirish yoki mukofot berish choralari qo‘llanilmasligi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, jarima har oyda emas, faqat bir marta undiriladi; bir yillik muddat esa uning moliyaviy emas, intizomiy ta’sir davridir. Demak, har oyda maoshdan 30 foiz ushlab qolinadi degan fikr — qonunga zid va asossiz.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov