Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik ta’tilni kompensatsiya qilish mumkinmi?


Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik ta’tilni kompensatsiya qilish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 218-moddasi hamda 429-moddasiga ko‘ra, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga yillik uzaytirilgan ta’til beriladi va uning davomiyligi 30 kalendar kunni tashkil etadi. Bu imtiyoz faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga taalluqli bo‘lib, uchinchi guruh nogironlariga nisbatan alohida kafolat belgilanmagan. Ularga umumiy tartibdagi ta’til — ya’ni 21 kalendar kun (MKning 217-moddasi) asosida beriladi.

Shu bilan birga, tashkilot yoki muassasa o‘zining ichki hujjatlarida, masalan jamoa shartnomasida, uchinchi guruh nogironlari uchun ham uzaytirilgan ta’til berishni nazarda tutishi mumkin. Bu holat Mehnat kodeksining 13-moddasi bilan muvofiqdir, chunki mazkur moddada qonun faqat minimal kafolatlarni belgilab, tashkilotlarga ularni kengaytirish imkonini beradi.

Biroq birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga berilgan 30 kunlik uzaytirilgan ta’tilni pulli kompensatsiya shaklida to‘lab bo‘lmaydi. Ya’ni xodim “21 kun dam olaman, qolgan 9 kunini pul bilan olay” desa ham, ish beruvchi bunga rozi bo‘lsa ham bu amaliyot qonunga zid bo‘ladi. Buning sababi — uzaytirilgan ta’tilning maqsadi xodimning sog‘ligini tiklash va to‘liq dam olishini ta’minlashdir.

Boshqa turdagi ta’tillarga esa pulli kompensatsiya berilishi mumkin. Masalan:

➖ MKning 221-moddasiga asosan, uzoq yillik mehnati uchun berilgan qo‘shimcha ta’til;

➖ Jamoa shartnomalarida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari;

➖ Tabiiy va iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlarda ishlovchilar uchun belgilangan ta’tillar (MKning 481 va 483-moddalari

Shu ta’til turlarida ish beruvchi bilan kelishuv asosida pulli kompensatsiya qo‘llanilishi mumkin. Lekin nogironligi bo‘lgan shaxsga qonun bilan belgilangan 30 kunlik asosiy uzaytirilgan ta’tilni pul bilan almashtirish qat’iyan taqiqlangan.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov