Янгиликлар
Ta’tilda bo‘lgan vaqtda boshqa tashkilotda ishlash mumkinmi?
Ta’tilda bo‘lgan vaqtda boshqa tashkilotda ishlash mumkinmi?
Mehnat ta’tili — bu faqat dam olish emas, balki xodimning shaxsiy ixtiyori bilan foydalanadigan vaqtidir. Mehnat kodeksining 201-moddasida ta’til ish vaqtini tashkil etmasligi va bu davrda xodim o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishi mumkinligi belgilangan.
Shu ma’noda, agar xodim mehnat ta’tilida bo‘lsa, u boshqa tashkilotda ishlashi mumkin. Bu qonunga zid emas, chunki ta’til davrida asosiy ish joyi bilan mehnat munosabati to‘xtamaydi, faqat vaqtinchalik ishdan ozod etiladi.
Ba’zi odamlar uchun ta’til davrida ham faol bo‘lish, jismoniy yoki boshqa turdagi mehnat bilan shug‘ullanish sog‘lomlashishga yordam beradi. Masalan, ofisda ishlovchi shaxs ta’til paytida qishloqda yoki boshqa joyda jismoniy mehnat qilishi uning sog‘lig‘i uchun foydali bo‘ladi.
Ayniqsa, pedagoglar va tibbiyot xodimlariga qonun asosida uzoq muddatli ta’tillar beriladi — odatda 30 kundan 56 kungacha. Bu davr ularga dam olish bilan birga boshqa joyda vaqtinchalik ishlash imkonini ham yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, mehnat ta’tili davomida boshqa tashkilotda ishlash — qonun bilan taqiqlanmagan. Asosiy shart — bu ish xodimning asosiy vazifalariga xalal bermasligi va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligidir.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov