Янгиликлар
XODIMNING OYLIGIDAN ALIMENT USHLAB QOLISH TARTIBI
XODIMNING OYLIGIDAN ALIMENT USHLAB QOLISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrug‘iga (https://lex.uz/uz/docs/1497291)ilova qilib keltirilgan “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish” qoidalarining 6-bandiga binoan qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, sud ijrochisi undiruvni ish haqiga qaratishni 1-ilovaga muvofiq ijro hujjatining aslini ilova qilgan holda ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish to‘g‘risidagi talabnomani qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilotlarga taqdim etadi.
Qoidalarning 9-bandiga ko‘ra, qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
Shuningdek, ushbu Qoidalarning 10-bandiga asosan agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
Shuningdek, qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot ushlab qolingan pul mablag‘larini undiruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida to‘lashi yoki o‘tkazishi shart. Pul mablag‘larini to‘lash va o‘tkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Ahmadov