Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

UYNI O‘Z NOMIMGA RASMIYLASHTIRISH UCHUN NIMA QILAY?


 

UYNI O‘Z NOMIMGA RASMIYLASHTIRISH UCHUN NIMA QILAY?

 

Ha to‘g‘ri, rahmatli otangizning nomida bo‘lgan turarjoyga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur turarjoyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza bilan ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali vositasida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilasiz.

Turarjoyga nisbatan bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng meros qoldiruvchining oxirgi yashagan manzili hududidagi notarial idora orqali meros mulkini merosxo‘rlar nomiga rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Turarjoyga nisbatan meros guvohnomasini olish uchun notarial idoraga meros qoldiruvchining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma, meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud uy daftaridan ko‘chirma, meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.Sh. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati, merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma, meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmalar taqdim qilinishi kerak.

Ushbu hujjatlar taqdim etilgach, merosxo‘rlar soni aniqlanib, qolgan merosxo‘rlar o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushidan sizning foydangizga voz kechsa, siz yagona merosxo‘r hisoblanasiz va sizga qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Ahmadov