Янгиликлар
TILXAT BILAN QARZ UNDIRSA BO‘LADIMI?
TILXAT BILAN QARZ UNDIRSA BO‘LADIMI?
Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga ko‘ra 733-modda fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
E’tibor bering! Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Demak, tilxat bilan ham qarz undirsa bo‘ladi.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Ahmadov