Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

SUDLANGAN SHAXSLAR MAKTABGA ISHGA KIRA OLADIMI?


SUDLANGAN SHAXSLAR MAKTABGA ISHGA KIRA OLADIMI?

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

Lekin bu qoida ishga yangi qabul qilinadiganlarga tegishli. Sababi, normativ-huquqiy hujjatlar ular kuchga kirganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan amal qiladi.

Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga binoan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ya’ni, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun 01.02.2024 sanasidan boshlab kuchga kirgan bo‘lsa, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etilishi bo‘yicha norma shu sanadan boshlab ko‘llaniladi. Ishga ilgari qabul qilingan pedagoglar sudlangan bo‘lsa ham ishlashlari mumkin. Chunki yuqoridagi qoida ishga yangi qabul qilinadigan pedagoglarga taalluqli.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Ahmadov