Янгиликлар
PENSIYANI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZISH MUMKINMI
PENSIYANI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZISH MUMKINMI
Pensiya yoki nafaqalarni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuning 63-moddasiga asosan pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Ahmadov