Янгиликлар
Huquqshunosga savol:
Men 25 yildan buyon DMTT da tarbiyachi lavozimida ishlab kelmokdaman. 2026 o‘kuv yili uchun mexnat tatiliga chiksam buladimi, noyabr 2025 yil noyabr oyida chikkanman ikki oy oldin. 2026 yil o‘kuv yili uchun 2025 yil noyabrdan chiksam bo‘ladimi?, “tatil puli 75% to‘lanadi” deyapti buxgalter, shu konunga tugri keladimi?
javob:Xodimga mehnat ta’tili kalendar yil bo‘yicha emas, balki ish yili bo‘yicha beriladi. Masalan siz 2024 yil avgust oyida ishga kirgan bo‘lsangiz, 2025 yil avgust oyigacha sizning ish yilingiz hisoblanadi. Shunda siz 2025 yil may oyida birinchi ish yilingiz uchun mehnat ta’tiliga chiqib, ikkinchi ish yilingiz uchun 2025 yil noyabr oyida xam chiqsangiz bo‘ladi.
Bu bo‘yicha qonunchilikda xech qanday taqiq yo‘q. Lekin amaliyotda bu holatga rahbar va bugalterlar qarshi chiqadi.
Qonunchilikda mehnat ta’tilini berishda o‘quv yili degan qoida yo‘q, faqat ish yili bo‘yicha hisoblanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddin Tursunov