Янгиликлар
Huquqshunosga savol:
Fuqarolik protsessual huquqi to‘g‘risida malumot bersangiz?
Javob. Fuqarolik protsessual huquqi-fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlaydi. Fuqarolik protsessual huquqi o‘zida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan protsessual normalar tizimini jamlagan huquq sohasi hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquq normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi fuqarolik protsessual munosabatning har bir sub’ekti uchun muayyan choralarni nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish ob’ektini fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov