Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Fuqarolik protsessual huquqining predmetini tushintirib bering?


Fuqarolik   protsessual huquqining predmetini tushintirib bering?

Javob: Fuqarolik protsessual huquqining predmeti fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual munosabatlar tashkil etib, ushbu munosabatlar fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari, sud qarorlarini ijro etuvchi idoralar o‘rtasida yuzaga keladi. Fuqarolik protsessual huquqi mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida huquqning aksariyat tarmoqlari bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessual huquqi moddiy huquq bilan uzviy aloqada bo‘lib, o‘z navbatida moddiy huquq normasida nazarda tutilgan majburiyatlar boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilmagan taqdirda huquqni sud orqali himoya qilishning, boshqacha qilib aytganda, fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy va boshqa majburiyatlarni majburiy ravishda amalga oshirishning muhim shakli sifatida e’tirof etiladi. Undan tashqari, sud yuzaga kelgan fuqarolik ishini moddiy huquq normasi asosida hal etadi. Biroq  moddiy va protsessual huquq sohalari o‘zaro mustaqil va tartibga solish predmeti va uslubiga ko‘ra turlicha hisoblanadi. Masalan, muayyan munosabat, xususan mulkiy, shaxsiy nomulkiy, mehnat, oila va boshqa sohadagi ishtirokchilarning xatti-harakatlari moddiy-huquqiy sohani tartibga solishning predmeti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 268-moddasida mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi, 269-moddasida bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari,   277-moddasida xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, Oila kodeksining 40-moddasida nikohdan sud tartibida ajratish, 44-moddasida nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar, 45-moddasida sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarishida davlat boji miqdorini belgilash, 62-moddasida otalikning sud tartibida belgilanishi masalalari bayon etilgan. Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy huquq bilan o‘zaro aloqadorligi quyidagi ikki jihatda ko‘proq namoyon bo‘ladi: -  har ikki huquq manbalarining umumiyligi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Shu o‘rinda Konstitutsiyada odil sudlovning eng muhim prinsiplari ham o‘z ifodasini topgan; -  konstitutsiyaviy huquqning  ayrim kichik tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Bu yerda gap sudlarning tuzilishi va prokuror nazorati haqida bormoqda. Sudlarning tuzilishi bilan fuqarolik protsessual huquqining ayrim prinsiplari o‘rtasida umumiylik mavjud (xususan, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi va hokazolar).

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                  Nizomiddin Tursunov