Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksining o‘ziga hos xususiyatlari bo‘yicha tushuncha bersangiz?


Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksining o‘ziga hos xususiyatlari bo‘yicha tushuncha bersangiz?

 

Javob:O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijro etish maqsadida  2018 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda FPK deb yuritiladi) qabul qilindi va 2018 yilning 1 aprelidan amalga kiritildi. Mazkur Kodeks besh bo‘lim, 47-bob va 462-moddadan iborat. FPKning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida quyidagi boblar mavjud: asosiy qoidalar, fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari, sud tarkibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimi. FPKning “Birinchi instansiya sudida ish yuritish” deb nomlangan ikkinchi bo‘limi sud ishlarini yuritishning barcha turlarida qo‘llaniladigan umumiy qoidalar va sud ishlarini yuritish turlari uchun tatbiq etiladigan maxsus normalar mustahkamlangan kichik bo‘limlardan iborat. 1-kichik bo‘limda buyruq tartibida ish yuritish, 2-kichik bo‘limda da’vo ishni yuritish, 3-kichik bo‘limda alohida tartibda ish yuritish, 4-kichik bo‘limda esa hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritishga doir normalar o‘z ifodasini topgan. FPKning “Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlarining, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki” deb nomlangan 3-bo‘limida umumiy qoidalar, chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etishga oid masalalar o‘rin olgan. Muqaddam amalda bo‘lgan FPKdan farqli ravishda mazkur bo‘limda chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik protsessual huquqlari, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha fuqarolik ishlari O‘zbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli bo‘lishi, chet davlatlarga nisbatan da’volar, chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi bilan bog‘liq normalar belgilab qo‘yildi. FPKning “Sud hujjatlarini qayta ko‘rish” deb nomlangan to‘rtinchi bo‘limida umumiy qoidalar, apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish, nazorat instansiyasi sudida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish masalalariga oid normalar belgilangan. FPKning beshinchi bo‘limi “Sud hujjatlarining ijrosi” deb nomlanib, ushbu bo‘limda sud hujjatlarining ijrosiga bag‘ishlangan qator moddalar o‘rin olgan. Ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish tartibini belgilovchi protsessual normalar o‘z ifodasini topgan bir qator Kodekslar ham fuqarolik protsessual huquqining manbasi hisoblanadi.

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                  Nizomiddin Tursunov