Янгиликлар
28
Buzilgan huquqlar yuzasidan Sudga ariza berish tartibi to‘g‘risida tushuncha bersangiz?
Buzilgan huquqlar yuzasidan Sudga ariza berish tartibi to‘g‘risida tushuncha bersangiz?
Javob: Ariza berish. Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi. 189-modda. Arizaning mazmuni. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; 3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari; 4) da’vogarning talabi; 5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi; 6) da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; 7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; 8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak. Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir. 50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki. Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.