Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Fuqarolik ishlarini yopiq sud majlislarida o‘tkazish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa qaysi hollarda ishni yopiq sud majlislarida ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi?


Fuqarolik ishlarini yopiq sud majlislarida o‘tkazish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa qaysi hollarda ishni yopiq sud majlislarida ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi?

Javob:Sud muhokamasining oshkoraligi. Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ish sudning yopiq majlisida ko‘rilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir bo‘ladi. Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.  208-modda. Sud majlisi. Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida o‘tadi. Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi.

 

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                      Nizomiddi Tursunov