Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib e'tiroz bildirish tartibi va u bilan bog‘liq protsessual muddatlar?


Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib e'tiroz bildirish tartibi va u bilan bog‘liq protsessual muddatlar?

 

Javob. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. 279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki uning to‘liq emasligini u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va u ushbu fikrlarga qo‘shilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak. Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari ko‘chirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni ko‘rgan sudning ruxsati bilan beriladi.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                    Nizomiddin Tursunov