Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qanday tarkibda ish olib boradi va kimlar uning majlislarida ishtirok etadi?


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qanday tarkibda ish olib boradi va kimlar uning majlislarida ishtirok etadi?

 

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar palatasi raisi, sudyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin. 21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin to‘rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni qo‘llash masalalariga doir qarorlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                  Nizomiddin Tursunov