Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi va uning muddati qancha?


Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi va uning muddati qancha?

Xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

Xodim uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda xodimni boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi kerak.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.

Agar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish yuz bergan bo‘lsa, bunday o‘tkazish muddati belgilanishi kerak.

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati quyidagilar vositasida belgilanishi mumkin:

vaqtincha o‘tkazishning umumiy davomiyligini kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatish;

qaysi ishga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish boshlanadigan kalendar sanani va o‘tkazish muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;

boshqa ishga o‘tish muddati qaysi hodisaning yuz berishi bilan tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisani aniqlash (vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan avvalgi ishini berishi shart.

 

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                    Nizomiddin Tursunov