Янгиликлар
Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish tartibi qanday?
Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish tartibi qanday?
Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosi ish beruvchi tomonidan quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra qanoatlantirilishi lozim:
qaysi tibbiy xulosaga muvofiq xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;
qaysi tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayol vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;
ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi;
ushbu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa hollarda. Xodimning tashabbusiga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar ro‘yxati, shuningdek bunday o‘tkazish chog‘ida mehnatga haq to‘lash tartibi jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddin Tursunov