Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sud xarajatlari va ularning turlarini tahlil qilib bering?


Sud xarajatlari va ularning turlarini tahlil qilib bering?

 

Javob: Sud xarajatlarining turlari. Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi. 113-modda. Davlat boji. Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. 114-modda. Da’voning bahosi. Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi: 1) pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda; 2) mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 3) ijro etish hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda; 4) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 5) yer uchastkasini talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — yer uchastkasining belgilangan bahosi bo‘yicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud bo‘lmaganda esa bozor bahosiga ko‘ra. Da’voning bahosiga da’vo arizasida ko‘rsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi. Bir nechta mustaqil talabdan iborat da’voning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi. Da’voning bahosi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                           Nizomiddi Tursunov