Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qonunlarimizda 18 yoshga to‘lmagan shaxs ish beruvchi deb hisoblanishi xolatlari belgilanganmi?


Qonunlarimizda 18 yoshga to‘lmagan shaxs ish beruvchi deb hisoblanishi xolatlari belgilanganmi?

Javob:Fuqarolik qonunchiligi jismoniy shaxsni 18 yoshga yetmagan holda ham ish beruvchi sifatida e’tirof etish hollarini belgilaydi.

Bu narsa shu bilan bog‘liqki, qonunda ba’zi hollarda shaxs 18 yoshga yetgunga qadar nikohdan o‘tishga yo‘l qo‘yiladi va ushbu yoshga yetmagan fuqaro FKning 22-moddasiga ko‘ra nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.

Binobarin, 18 yoshga yetgunga qadar nikohdan o‘tgan jismoniy shaxslar 18 yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham erishilgan muomala layoqatini to‘la saqlab, ish beruvchi bo‘la oladi.

Mehnat munosabatlariga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar barcha xodimlar va mulkchilik hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha ish beruvchilarga (yuridik va jismoniy shaxslarga) nisbatan agar ular o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, qo‘llaniladi.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                  Nizomiddi Tursunov