Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet ellik investor ochgan korxonaga svarshik sifatida ishga kirmoqchiman. Mazkur korxonada ishlagan davrim ish stajiga qo‘shiladimi?.


O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet ellik investor ochgan korxonaga svarshik sifatida ishga kirmoqchiman. Mazkur korxonada ishlagan davrim ish stajiga qo‘shiladimi?.

O‘zbekisto Respublikasi Mehnat Kodeksiga ko‘ra, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq yoki qisman tegishli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llaniladi. Ushbu qoida ham chet el fuqarolariga, ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qo‘llaniladi.

Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatga oid munosabatlari maxsus normalar bilan tartibga solinishi mumkin. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqomi haqida” Vaqtinchalik nizom qabul qilingan. Ushbu nizom diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxona larda ma’muriy-texnik xodimlar sifatida ishlovchi O‘zbekiston Respub likasi fuqarolarining maqomini belgilaydi. Chet el vakolatxonalarida diplomatik lavozimlarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari “Diplomatik aloqalar haqida”gi 1961 yil Vena Konvensiyasi va “Konsullik aloqalari haqida”gi 1963 yil Vena Konvensiyasiga muvofiq imtiyozlar va daxlsizlik (immunitet)lardan foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vakolatxonaning diplomatik, ma’muriy-texnik xodimlari tarkibiga akkreditatsiya qilinayotgan davlatning roziligi bilan qabul qilingan kundan boshlab chet el vakolatxonasi xodimi maqomini oladilar. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga ishga rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi zimmasiga yuklatiladi. Ma’muriy-texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki uy xizmatchisi sifatida ishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asosida shartnoma bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el vakolatxonalariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan mehnat munosabatlarining o‘zaro ma’qullangan shartlari oldindan kelishilgan, ma’lum muddatga xodim va chet el vakolatxonasining boshlig‘i o‘rtasida tuzilgan yozma ravishdagi mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan rasmiylashtiriladi.

Bekobod tuman Adliya bo‘limi

YuXKM   boshlig‘i                                                  Nizomiddi Tursunov