Янгиликлар
Yuridik shaxs maqomi yuzasidan tushuncha bersangiz?
Yuridik shaxs maqomi yuzasidan tushuncha bersangiz?
Javob:Tashkilot ish beruvchi sifatida harakat qilishi uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lishi hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob berishi, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi va ularni amalga oshira olishi, majburiyatlarni bajara olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim. Yuridik shaxsning huquqiy maqomi uning ustavi yoki ustav va ta’sis shartnomasi bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida qoida tariqasida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qo‘yiladi, bu esa ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin bo‘lgan xodimlarning kasb-malakaviy tarkibini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
MK ish beruvchilar sifatida yuridik shaxslarni ko‘zda tutgani uchun, uning filial va vakolatxonalari ish beruvchi bo‘la olmaydilar, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar 18 Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, MK 82-moddasi 2-qismining mazmuniga binoan, ish beruvchi — yuridik shaxsning mehnat munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari ushbu yuridik shaxsning (tashkilotning) boshqaruv organlari tomonidan yoxud ta’sis hujjatlari va lokal normativ hujjatlar bilan boshqarish vakolati berilgan vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday hollarda, filial, vakolatxona rahbarida ishga qabul qilish va ozod etish huquqini beruvchi ishonchnoma bo‘lsa-da, u ish beruvchi deb hisoblanmaydi. Filial, vakolatxona xodimlariga nisbatan ish beruvchi sifatida yuridik shaxs chiqadi va uning nomidan mehnat shartnomasini tuzish va uni bekor qilish vakolatini amalga oshiradigan filial va vakolatxona rahbari harakat qiladi. Agar vakolatxona, filial rahbari mehnat shartnomasi tuzishga vakolatli bo‘lmasa, vakolatxona, filial xodimi bilan bo‘lgan mehnat munosabatlari yuridik shaxsning o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov