Янгиликлар
Ish vaqtining muddati va taraflar kelishuvi asosida belgilanadigan shartlar tushunchasiga ta’rif bersangiz?
Ish vaqtining muddati va taraflar kelishuvi asosida belgilanadigan shartlar tushunchasiga ta’rif bersangiz?
Javob:Tashkilotning jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, tashkilotning boshqa lokal hujjatlari bilan belgilangan umumiy majburiy shartlar;
• mehnat shartnomasida taraflar kelishuvi bilan belgilanadigan shartlar. Ularning birinchisiga quyidagilar kiradi:
Barcha xodimlar uchun ish vaqtining eng ko‘p muddati (haftasiga 40 soatdan oshmaydigan) hamda voyaga yetmaganlar, I va II guruh nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati; yillik asosiy ta’tilning eng kam muddati (21 kalendar kunidan kam bo‘lmagan), qo‘shimcha mehnat ta’tillari, ta’tillarni berish tartibi; mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmasligi hamda ularning to‘lanish muddatlariga amal qilinishi; majburiy kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari; intizomiy jazolar hamda ularni berish va qo‘llash tartibi, shaxsni to‘liq moddiy javobgarlikka tortish asoslari turlari va ro‘yxati; ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlarga beriladigan majburiy qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar va boshqalar.
Bekobod tuman Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddi Tursunov